Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZBEKISTONDAN TO’RT TURDAGI URUG’LAR EKSPORTIGA RUXSAT BERILADI

×

 2022-10-03 12:10:45    242

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekistondan to’rtta mahsulot – qovun, kanakunjut, xantal va maxsar urug’larini eksport qilishga ruxsat berildi. Bu haqda O’zbekiston Prezidentining joriy yilning 30 sentyabr kuni qabul qilingan “Tadbirkorlik sub'ektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmonida belgilandi.

Farmonga muvofiq, 2022 yil 1 noyabrdan:

•   bir eksport shartnomasi doirasida kelib tushmagan valyuta summasi eksportga yuklangan jami mahsulot narxining 5 foizidan oshmagan taqdirda muddati o’tgan debitor qarzdorlik hisoblanmaydi va tadbirkorga nisbatan jarima qo’llanilmaydi;

•   eksport tashkilotlariga foyda va aylanmadan olinadigan soliq bo’yicha soliq bazasini kamaytirish shaklidagi imtiyozlar tovarlarni realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumdagi eksport hajmining ulushidan qat'i nazar qo’llaniladi;

•   qovun, kanakunjut, xantal va maxsar urug’lari eksportiga ruxsat beriladi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram