QUVASOYDA "XALQARO CHAVANDOZLAR VA OV TURIZMI" FESTIVALI BO’LIB O’TDI
2022-09-29 22:29:31 241
Quvasoyda "Xalqaro chavandozlar va ov turizmi" festivali bo’lib o’tdi
Bugun Quvasoy shahridagi "Vodiy tulporlari" majmuasida hamda Valik MFY hududida "Xalqaro chavandozlar va ov turizmi" festivali bo’lib o’tdi. Festival davomida zotdor otlar tomonidan polo, konkur, yerdan tanga olish va boshqa namoyishlar, ot ustida kurash hamda qush, baliq ovlash tadbirlari bo’lib o’tdi.
Tadbirda viloyat hokimi o’rinbosari X.Axmedov, mutasaddi raxbarlar va viloyatimizning boshqa hududdagi chavandozlar va ovchilik sohasidagi malakali mutaxassislar qatnashdilar. Shuningdek, festivalda Rossiya, Turkiya va Qirg’izistonlik mexmonlar ishtirok etishdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram