FUQAROLAR QABULI – XALQ BILAN OCHIQ MULOQOT
2022-09-27 23:13:02 221
Bugun 27.09.2022-yil kuni Xalq bilan ochiq muloqotni muntazam yo’lga qo’ygan Quvasoy shahar hokimi Z.Q.To’rakulov haftaning seshanba kunlari shahar Xalq qabulxonasida o’zining fuqarolar qabulini o’tkazib kelmoqda
Navbatdagi qabulda hokim o’rinbosarlari hamda shahardagi idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Qabul chog’ida shahar hokimi tomonidan fuqarolarning murojaatlari birma-bir tinglandi. Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda uy-joy, moddiy yordam, bandlik bilan bog’liq, sog’lig’ni tiklash kredit masalalari va shu kabi boshqa masalalarga oid 18 dan ziyod murojaatlar ko’rib chiqildi.
Qabul davomida barcha murojaatlar tegishli tartibda ro’yxatga olinib, yechimi oson bo’lgan 12 ta murojaatlar joyida hal etilib muddat talab etiluvchi 5 ta murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram