Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KORRUPTSIYAGA QARSHI MUROSASIZ KURASH

×

 2022-09-24 14:51:02    228

PDF yuklash
Chop etish


Korruptsiya so’zi - lotincha «pora berib sotib olish» ma'nosini anglatib, mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquq va imkoniyatlardan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanishni ifodalovchi siyosiy yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat tushuniladi. Korruptsiya jinoyat qonunchiligida o’zi mustaqil jinoyat tarkibi bo’lmay, balki bir qator mansabga oid jinoyatlarni qamrab oluvchi umumlashgan tushunchadir.

Xususan, uning tarkibiga mansab vakolatini suiiste'mol qilish, hokimiyat harakatsizligi, pora olish, berish va boshqa bir qator jinoyatlar kiradi.

Ta'kidlash lozimki, korruptsiya, eng avvalo, inson huquqlarini ta'minlashga monelik qilib, ijtimoiy tengsizlikni keltirib chiqaradi. Erkin bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga, hayot darajasining pasayishiga olib keladi. Shu bilan bir qatorda korruptsiya fuqarolarning davlat boshqaruvi idoralariga bo’lgan ishonchi yo’qolishiga olib kelib, uyushgan jinoyatchilikning avj olishiga zamin yaratadi va insonlarning xavfsizligiga tahdid soladi.

Shuning uchun ham demokratik davlatlar korruptsiyani rivojlanish va yangilanishning ildiziga bolta uruvchi xavfli illat sifatida tan olib, bu borada tizimli ravishda ish olib borishni o’zlarining asosiy vazifalari deb belgilaganlar.

Bu borada 2003 yil 31 oktyabrda BMTning Korruptsiyaga qarshi Konventsiyasi qabul qilingan bo’lib, unga 160 dan ortiq davlat a'zo bo’lgan. Eng asosiy talab sifatida, Konventsiyaning 11-moddasida sud idoralari, prokuratura, ichki ishlar idoralarining halolligini, ular orasida korruptsiyaga yo’l qo’ymaslik choralarini ko’rish darkorligini,

16-moddasida esa korruptsiyaga qarshi kurashda davlat idoralari bilan bir qatorda jamoatchilikning keng ishtiroki, ya'ni fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirokini ta'minlash maqsadga muvofiqligi mustahkamlab qo’yilgan. Mazkur talablarni bajarish maqsadida huquqni muhofaza etuvchi va sud idoralarida ichki nazorat tashkil etilishi bilan bir qatorda, belgilangan tartibda ularni shahodatlashdan o’tkazish, ma'lum muddatdagi faoliyatni tekshirish tizimi o’rnatilishi, mazkur idoralar xodimlari tomonidan qonunning nechog’lik bajarilayotganligini nazorat etish bo’yicha Adliya Vazirligi va uning quyi tizimlarida tegishli boshqarma va bo’limlar faoliyat ko’rsatmoqda.

Birinchidan, korruptsiyaga olib boruvchi sabab va korruptsion muhitni bartaraf qiladigan qonunchilik, ma'muriy va boshqa choralarni qo’llash amaliyoti keng tatbiq etiladi; 

Alohida e'tirof etish lozimki, qonunga binoan, korruptsiyaga qarshi kurashish tizimi endilikda nafaqat pora oluvchi mansabdor shaxslar, balki pora berishga qiziqtirgan, vositachilik qilganlarni ham javobgarlikka tortish masalasini kuchaytirish bilan bir qatorda, bu kabi jinoyatlar bo’yicha ba'zi nopok shaxslarning o’z shaxsiy maqsadlariga erishish uchun halol va qonunga itoat etuvchi to’g’ri so’z mansabdor shaxslarning ba'zilari ustidan riyokorona tuhmatlar uyushtirilishining oldi olinadi. Inson huquq va erkinliklarining himoya etilishini yangi bosqichga ko’taradi va qonuniylik printsipining mustahkamlanishiga xizmat qiladi.


Farg’ona viloyat sudining 

jinoyat ishlari bo’yicha sudlov hay'ati 

katta sudya yordamchisi M.Inomxonov


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram