KAM TA'MINLANGAN, EHTIYOJMAND HAMDA BOQUVCHISINI YO’QOTGAN OILALAR FARZANDLARI PROKUROR VA DEPUTAT E'TIBORIDA.
2022-08-19 10:37:16 206
Quvasoy shahar prokurori Sh.Madumarov va hudud deputati M.Mexmonovlar tashabbusi bilan joriy yilning 17 avgust kuni Kokilon MFY xududida yashovchi kam ta'minlangan, extiyojmand va boquvchisini yo’qotgan 20 ta oilalarda tarbiyalanayotgan 28 nafar farzandlari uchun maktab formalari olib berildi.
Shahar prokurori Sh.Madmurov hamda hudud deputati M.Mexmonov tomonidan Kokilon MFY binosida maktab formalarini tarqatishga bag’ishlangan tadbir tashkil etilib, formalar tantanali tarzda tarqatilib, samimiy tilaklar bildirildi.
Tadbirda ishtirok etgan ota-onalar tomonidan Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan siyosatdan rozi bo’lib, minnatdorchilik bildirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram