O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2022 YIL 14 APRELDAGI PF-106-SONLI FARMON IJROSI.
2022-08-17 22:20:29 326
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 apreldagi «Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog’ini kengaytirish to’g’risida»gi PF-106-sonli Farmon bilan Quvasoy shahar kasb-hunar maktabi negizida Prezident ta'lim muassasasi agentligi tasarrufidagi Quvasoy shahar ixtisoslashtirilgan maktabini tashkil etish belgilab qo’yilgan.
Ushbu sohada shaharda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida bugun 17.08.2022 yil kuni Quvasoy shahar hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari A.Mamajonov muassasaga tashrif buyurib, ta'mirlash ishlari bilan tanishdi
shahar xokimi o’rinbosari A.Mamajonov quruvchi tashkilot rahbariga ushbu muassasani sifatli qurish ishlarini muntazam ravishda nazorat qilish hamda tez fursatlarda foydalanishga topshirish masalasi bo’yicha tavsiya va ko’rsatmalar berdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram