QUVASOY SHAHRIDA TADBIRKORLIK SUB'EKTLARI BILAN UCHRASHUV O’TKAZILDI.
2022-08-17 22:08:21 253
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 apreldagi “Tashqi savdo faoliyati ishtirokchilarini qo’llab-quvvatlashning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-97-sonli Farmoni ijrosini taminlash maqsadida shahardagi tadbirkorlik sub'ektlari bilan uchrashuv o’tkazildi.
Quvasoy shahrida o’tkazilgan uchrashuvda tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash, mavjud imtiyozlar va preferentsiyalar, eksport qiluvchi korxonalarga beriladigan imtiyozlar to’g’risidagi ma'lumotlar berib o’tildi.
Seminarda Quvasoy shahar hokimi o’rinbosari S.Nishankulov, shaxar Davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i X.Urmanov, "Quvasoy" TIV post boshlig’i U.Ziyayev va "O’zbekiston" chegara bojxona posti boshlig’i O.Nurmatovlar ishtirok etdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram