HAR BIR MUROJAAT ALOHIDA NAZORATGA OLINDI.
2022-08-16 19:34:58 249
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Quvasoy shahrigi Xalk kabulxonasida aholining muammolarini o’rganish bilan birga navbatdagi shaxsiy qabul o’tkazildi.
Bugun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Quvasoy shahridagi Xalk kabulxonasida 4 ta sektor raxbarlari, Xalk kabulxonasi mudiri tomonidan aholining muammolarini o’rganish bilan birga navbatdagi shaxsiy qabul o’tkazildi.
Unda 33 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib, 24 ta murojaat yuzasidan sektor rahbarlari va Xalk qabulxonasi mudiri bilan muloqot bo’ldi.
Masalaga aloqador tashkilot mas'ullari, mahalla fuqarolar yig’ini raisi ham qabulga jalb etildi. Qabulda 15 ta murojaat joyida hal etildi, kolgan 9 ta murojaatlar bo’yicha nazorat-reja tuzilib, belgilangan muddatda ko’rib chiqilishini ta'minlash choralari ko’rildi hamda nazoratga olindi.
Quvasoy shahrida “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili”da aholi muammolarini ijobiy hal etib, xalqni rozi qilish borasida qabullar davom ettirilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram