Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XITOY MASHINASOZLIK VA MUHANDISLIK KORPORATSIYASI (CMEC) QUVASOY SHAHRIDA 142 MILLION DOLLAR TO’G’RIDAN-TO’G’RI XORIJIY INVESTITSIYA HISOBIGA LOGISTIKA MARKAZI BARPO ETISHNI REJALASHTIRMOQDA

×

 2022-08-06 13:02:11    208

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoy Mashinasozlik va muhandislik korporatsiyasining (CMEC) O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o’rinbosari Chen Pen hamda korporatsiya maslahatchisi Chjao Dayuyni qabul qildi.

Uchrashuvda CMEC korporatsiyasi tomonidan Quvasoy shahrida barpo etilishi rejalashtirilayotgan, 142 million dollar to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya hisobiga amalga oshirish ko’zda tutilayotgan yirik logistika markazi loyihasi muhokama qilindi.

13,3 gektar maydonda barpo etilishi loyihalashtirilgan, 166 ming kubometr hajmga ega meva-sabzavot saqlash omborlari va muzlatkichli omborlar, shuningdek, qayta ishlash tsexi, tarqatish bo’limi, savdo bo’limi, e-tijorat markazi, apartamentlar va boshqa xizmat ko’rsatish nuqtalaridan iborat logistika markazining yopiq bino-inshootlari umumiy maydoni 64 ming m.kv.ni tashkil etadi. Markazdan Logistika kompaniyalarining viloyat vakolatxonalari ham joy oladi. Loyihani to’la amalga oshirish muddati 2,5 yilga mo’ljallangan.

Viloyat hokimi tomonidan bildirilgan taklif asosida logistika markazi loyihasiga tezkor muzlatish kamerasi hamda kalibrovka qilish tsexi ham ilova qilinishiga kelishib olindi.



Sentyabr oyiga qadar Xitoy Mashinasozlik va muhandislik korporatsiyasi prezidentining Farg’onaga tashrifini amalga oshirish hamda ushbu tashrif chog’ida viloyat hokimligi va CMEC korporatsiyasi o’rtasida loyihani amalga oshirish bo’yicha kelishuv imzolanishi belgilandi.

Muloqot chog’ida shuningdek, Xitoy Mashinasozlik va muhandislik korporatsiyasi tomonidan Farg’ona viloyatida barpo etish rejalashtirilgan quyosh panellari yig’ish korxonasi loyihasini amalga oshirishni tezlashtirish yuzasidan ham fikr almashildi.

Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev va Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To’raqulov ishtirok etdilar.



Loyihalash va qurilish, energetika, ma'danchilik, elektronika, logistika, eksport-import va boshqa ko’plab sohalarda faoliyat olib boruvchi yirik xalqaro korporatsiya bo’lgan CMEC hozirda dunyoning 150 dan ortiq davlatlarida turli yo’nalishlarda o’z loyihalarini amalga oshirib keladi. Xitoy Mashinasozlik va muhandislik korporatsiyasi ko’plab investitsion loyihalarga ham o’z sarmoyasini yo’naltirgan. Korporatsiya 6 yildan beri O’zbekistonda ham o’z vakolatxonasiga ega.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram