SAYYOR QABUL
2022-02-04 12:16:33 259
2022 yilning 28 yanvar kuni Quvasoy shahar “Do’stlik” mahalla fuqarolar yig’ini binosida jinoyat ishlari bo’yicha Quvasoy shahar sudining raisi R.Zaripov, Farg’ona viloyat sudining sudyasi F.Abduraimov, Iqtisodiy sudlov hay'ati sudyasi I.Jamolidinov, fuqarolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudining raisi o’rinbosari I.Qo’ziboyev, Fuqarolik sudlov hay'ati sudyasi N.Meliko’ziyev, Ma'muriy ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudining sudyasi S.Shokirovlar tomonidan sayyor qabul bo’lib o’tdi.
Qabulga kelgan jami 25 nafar fuqarolar va yuridik shaxslar o’zlarining uy-joy, tadbirkorlik sub'ektlari masalari bo’yicha murojaatlariga sudyalar tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi, jazo muddatini qisqartirish masalasida murojaat qilgan fuqarolarning murojaatlari o’rganib chiqildi va 7 nafari o’talmagan jazo muddatidan shartli ozod qilinib, murojaatlari qanoatlantirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram