POLMON MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O’TKAZILDI.
2021-12-26 18:28:46 241
Aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot qilish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va hal etish bugungi kun raxbaridan talab etiladgan asosiy masala xisoblanadi.
Huddi shu ma'noda shahar hokimi Z.To’raqulov tomonidan Polmon mahalla fuqarolar yig’inida o’zining shaxsiy qabulini o’tkazdi.
Qabulda 16 nafar fuqarolar ishtirok etib, 9 ta mazmundagi murojaat yuzasidan muloqot bo’ldi.
Kelib tushgan murojaatlardan 4 ta ichki yo’llarni asfaltlashtirish, 3 ta elektr va ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash hamda 2 ta hududni obodonlashtirish kabi masalalarda murojaatlar qayd etildi.
Ichki yo’llarni asfaltlashtirish masalasidagi murojaatlarga, ushbu masala 2022 yil davlat dasturiga kiritilganligi va belgilangan muddatlarda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi xaqida tushuntirish berildi,
Elektr va ichimlik suvi ta'minotidagi muammolar o’rganilib joyida xal etish choralari ko’rildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram