“O’ZBEKISTON” CHEGARA BOJXONA POSTI YANGI KO’RINISHDA
2021-12-26 18:24:58 345
Bugungi kunimizda yurtimizning barcha hududlarida bo’layotgan ijobiy o’zgarishlar, obodonlashtirish va yangi zamonaviy bino inshootlarining qurilishi natijasida Vatanimiz yanada chiroy ochib bormoqda.
Shu jumladan Quvasoy shahridagi O’zbekiston va Qirg’iziston davlatlarini bir biriga bog’lab turuvchi "O’zbekiston" chegara postida xam keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.
Bugun shahar hokimi Z.To’raqulov mazkur hududga tashrif buyurib Farg’ona viloyati Bojxona boshqarmasi boshlig’i I.Alimov va “O’zbekiston” chegara bojxona posti boshlig’i S.Amirbekovlar bilan birgalikda mazkur chegara postidan o’tuvchi fuqarolar hamda transport vositalari uchun qulayliklar yaratish, chegara posti atrofidagi yo’llarni kengaytirish va kelgusidagi vazifalar yuzasidan kelishib oldilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram