300 NAFAR ISHCHILAR YANA O’Z ISH O’RNILARIGA QAYTDILAR
2021-12-26 18:18:56 241
Bugun 2021-yil 23-dekabr kuni shahar hokimi, 1-sektor rahbari Z.To’rakulov va tegishli mutaxassislar bilan birgalikda shahardagi sanoat maxsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar o’rganildi.
Jumladan shahar hokimi sobiq "FERGHANA CEMENT" nomli korxona faoliyati bilan tanishdi.
"FERGHANA CEMENT" MChJ korxonasi xozirgi kunda yangi investorlar tomonidan "TERRA NOVA SEMENT" MChJ nomi bilan yana o’z faoliyatini boshladi.
Korxona tsement ishlab chiqarish bilan shug’ullanib, ma'lum muddatdan bo’yon ishlamasdan turgan edi. Bugungi kunda korxona faoliyatini boshlab, 300 nafar ishchilar yana o’z ish o’rnilariga qaytdilar va ish faoliyatini boshladilar.
Shahar hokimi tomonidan maxsulotlar ishlab chiqarish xajmlarini oshirishda vujudga keladigan muammolarni doimiy nazoratga olinishi hamda tezkorlik bilan bartaraf etib borish yuzasidan kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram