3 DEKABR – XALQARO IMKONIYATI CHEKLANGAN FUQAROLAR KUNI.
2021-12-03 15:31:43 291
“Do’stlik” to’yxonasida bo’lib o’tgan mazkur sanaga bag’ishlangan tadbirda shahar hokimi R.Raximjonov, tegishli mas'ullar hamda nogironligi bo’lgan bolalar va ularning ota-onalari qatnashishdi.
Xalqaro imkoniyati cheklangan fuqarolar kuni har yili nishonlanuvchi sana bo’lib, undan ko’zlangan maqsad – siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning barcha jabhalarida bunday insonlarning huquqlarini targ’ib qilishdir.
Tadbirda shahar hokimi so’z olib Davlatimiz rahbari tomonidan aholining barcha qatlamlariga ko’rsatilayotgan e'tibor va g’amxo’rliklar haqida ta'kidlab, barchaga sihat-salomatlik tiladi hamda esdalik sovg’alarini topshirdi.
Tadbir davomida shahar madaniyat bo’limining san'atkorlar jamoasi o’zlarining dilrabo qo’shiqlari bilan davraga zavq bag’ishladilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram