Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Қувасой шаҳрида дўст ва биродар қўшни мамлакатлар, барча дин ва миллат вакилларининг дўстлик байрами ҳамда қўшни давлат вакиллари билан бирга оммавий ахборот воситалари ходимлари, ҳокимлик ва бошқармаларнинг ахборот хизмати раҳбарлари ҳамда блогерлар учун

×

 2021-09-21 18:18:44    302

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda Mustaqillik bayramining shukuhi hukm surayotgan bir paytda ushbu bayramning uzviy davomi sifatida Quvasoy shahrida do’st va ahl-inoq bo’lib yashab kelayotgan, qarindosh-urug’ va quda-andaga aylanib ketgan barcha millat, barcha din va barcha avlod vakillari o’rtasida “Uch avlod uchrashuvi” deb nomlangan millatlaro totuvlik, diniy bag’rikenglik do’stlik bayrami bo’lib o’tdi.

Bayramga do’stlik va totuvlikda hayot kechirayotgan turli millat va elatlar vakillarini, viloyatda faoliyat olib borayotgan barcha milliy madaniy markazlar rahbarlari va faollari jam bo’ldilar. 

Tadbirda Qirg’izistonning Uchqo’rg’on va Qizil-qiya shaharlari hamda So’x tumanidan kelgan ko’p sonli mehmonlar ham ishtirok etdilar.


100 mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan Quvasoy shahrida 15 dan ortiq millat va elat vakillari ahil hayot kechirmoqdalar. O’tkazilgan “Uch avlod uchrashuvi” ham millatlararo totuvlik, og’a-inilik rishtalarini mustahkamladi. Avlodlar o’rtasidagi yana bir o’ziga xos ko’prik bo’ldi.


Shahrimizga tashrifni umumiy qiymati 70 mln. AQSh dollari miqdoridagi yillik ishlab chiqarish quvvati 22 mln.kv.m. bo’lgan «KVARTs» korxonasining yangi liniyasi faoliyati, u yerda tayyorlanayotgan «Silliqlangan oyna ishlab chiqarish» tsexi bilan tanishishdan boshlagan Qirg’izistonlik va Tojikistonlik mehmonlar, shahardagi harbiylar va “Vatanparvar” tizimi xodimlari uchun milliy qorabayir naslli otlar tayyorlanadigan 2,5 gektar maydonda joylashgan, “Vodiy tulporlari” ot kompleksida yaratilgan sharoitlar, zamonaviy drenaj tizimiga ega ochiq va yopiq manejlar va bu yerda yaratilgan sharoitlar qirg’iz va tojik delegatsiyasi a'zolarida katta taassurot qoldirdi.


Shahar markazida tashkil etilgan milliy markazlar maydonida milliy hunarmandchilik mahsulotlari hamda shahrimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari ko’rgazmalari tashkil etildi. Joyning o’zida viloyatimizda faoliyat olib borayotgan milliy madaniy markazlar, folklor jamoalari o’z chiqishlarini namoyish qildilar. Turli tillarda yangragan kuy-qo’shiqlar, lapar va o’lanlar yig’ilganlarga bayram shukuhini hadya etdi.


Quvasoy shahar hokimi Ravshan Raximjonov, Qirg’iziston Respublikasi Qizilqiya shahri hokimi Asilbek Matxalikov, Uchqurg’on tumani xokim o’rinbosari Karabayeva Baxtigul, So’x tumani xokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, viloyatimizning keksa-nuroniylari, faol yigit-qizlari, turli millatlar vakillari ishtirokida o’tgan anjumanda so’z olganlar uch avlod uchrashuvi mazmun-mohiyati, katta avlod vakillarining bosib o’tgan yo’li yoshlarga doimo ibrat bo’lishi zarurligini tilga oldilar. Davlatimiz rahbarining puxta o’ylangan oqilona siyosati natijasida ko’pmillatli xalqimizning birligi va jipsligi yanada kuchayib, yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha elu elat vakillarining o’ziga xos madaniyati, urf-odatlariga hurmat va e'tibor oshayotgani mamnuniyat bilan qayta-qayta ta'kidlandi.


Tadbir davomida yurtimizdagi taniqli san'at ustalari qo’shni davlat qo’shiqchilari, ishtirokida kontsert dasturi bo’lib o’tdi. Unda milliy madaniy markazlardan kelgan qo’shiqchilar ham o’z ijrolari, milliy qo’shiqlari bilan barchaga ko’tarinki kayfiyat ulashdilar. Kuy-qo’shiqlar o’yin-kulgu va raqslarga ulanib ketdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram