QUVASOY SHAHRINING ARSIF MAHALLA FUQAROLAR YIG’INING “NAVRO’Z” KO’CHASI ASFALTLASHTIRILDI
![](https://quvasoy.uz/uploads/bot/d4b63d2e9450fbef32f68.jpg)
2021-09-08 20:53:21 462
![](https://telegra.ph/file/d4b63d2e9450fbef32f68.jpg)
Yo’lning ravonligi faqatgina haydovchilarning emas balki, piyodalarning ham kayfiyatiga ta'sir etadi. Bunda zahmatkash yo’lsozlarning ham o’ziga xos mehnati mujassam.
![](https://telegra.ph/file/d9aa86757cc7913a7563d.jpg)
✔️Negaki, “xalq roziligi” yo’lida Quvasoy shahar sektor rahbarlari tomonidan qator ibratli ishlar qilinyaptiki, bularni alohida qayd etish kerak bo’ladi.
![](https://telegra.ph/file/5447976315a259bc6f3e8.jpg)
✔️Ular aholining taklif va istaklarini inobatga olgan holda, joylarda asfalt yotqizish ishlarini tashkil etmoqda. Joylarda maxsus texnikalar yordamida keng ko’lamda asfalt yotqizish bilan birga obodonlashtirish yumushlari ham olib borilmoqda.
![](https://telegra.ph/file/a01bfded38d7e4df3f8c4.jpg)
✔️Ayni kunlarda “Arsif” mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan “Navro’z” ko’chasiga asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.
![](https://telegra.ph/file/3218b973da8c762c1e5af.jpg)
✔️Shuni alohida e'tirof etish lozimki, olib borilayotgan xayrli ishlar fuqarolar tomonidan iliq kutib olinmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram