XALQ DEPUTATLARI QUVASOY SHAHAR KENGASHINING XXX- SESSIYASI O’TKAZILDI
2021-06-11 21:25:04 245
Bugun Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi XXX-sessiyasi o’tkazildi.
Sessiya kun tartibida 5 ta masala ko’rildi. 1.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”Davlat dasturi ijrosi to’g’risida.
Kun tartibidagi qolgan masalalar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg’ona viloyatiga tashriflari davomida bergan vazifalari va raisliklarida o’tkazilgan yig’ilishlarda bergan toshiriqlari ijrosi yuzasidan hamda shaharda “Obod mahalla” dasturida olib borilayotgan ishlar to’g’risida. Shahar hokimi o’rinbosarlari va bo’lim boshliqlarining axborotlari eshtildi.
Sessiyada sektor rahbarlari, shahardan saylangan deputatlar, masalaga daxldor tashkilot rahbarlari, mahalla fuqarolar yig’ini raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakilllari qatnashdi.
Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram