YOSHLARGA E'TIBOR – KELAJAKKA E'TIBOR!
2021-03-04 13:11:03 237
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4-5 fevral kunlari Farg’ona viloyatiga tashrifining tasdiqlangan 7-sonli yig’ilish bayoni 22-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida shahar hokimi o’rinbosari S.Nishankulov shaharning “Guliston” MFY hududida “AVTO ILG’OR” NTMning umumiy qiymati 3,5 mlrd.so’m va 25 ta yangi ish o’rinlari yaratish bo’lgan “Innovatsion avto maktab tashkil etish” investitsiya loyihasi joyiga chiqqan holda o’rganildi.
Mazkur loyiha joriy yil 21 mart kuniga foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Loyiha doirasida yaratiladigan 25 ta yangi ish o’rinlaridan 20 tasi yoshlar bo’lishi asosiy maqsad etib belgilangan.
Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram