BIRGALIKDA TA'LIM SIFATINI KO’TARAMIZ
2021-02-27 17:46:39 237
Quvasoy shahar Xalq ta'limi bo’limi tasarrufidagi 4-umumiy o’rta ta'lim maktabida “O’qitishda innovatsion metodlardan foydalanish” mavzusida seminar o’tkazildi.
Unda shahar hokimi o’rinbosari A.Mamajonov, shahar XTB mudiri I.Tursinov, shahar Kengashi deputati A.Qosimovlar ishtirok etdilar. Seminar davomida sinflar kesimida ochiq darslar, “Zakovat” intellektual o’yini hamda “Shu aziz Vatan farzandiman” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o’tkazildi.
Bu seminardan ko’zlangan maqsad o’qituvchilarni yangi, noan'anaviy usullarni amalda qo’llashi va o’quvchilarni fanlarga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirishdir.
Seminar yakunida faol ishtirok etgan o’quvchi va o’qituvchilar shahar Kengashi deputati A.Qosimov tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram