Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVASOYDA NAVOIY TAVALLUDINING 580 YILLIGI KENG NISHONLANDI 

×

 2021-02-17 18:34:47    219

PDF yuklash
Chop etish


Har yili 9 fevralni xalqimiz iftixor bilan kutib oladi. Zero bu kun o’zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, o’zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk qomusiy olim va mutafakkir, ulug’ donishmand, davlat arbobi, o’z davrining madaniy hayotiga rahbar, ilm-fan, san'at va adabiyot ahliga homiy, murabbiy va ustoz, buyuk alloma, nafis musiqashunos, yetuk tarixchi va dunyoga tanilgan komil inson – Hazrat Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavallud kunidir.

Quvasoy shahar “Zebuniso” Madaniyat uyida shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiyning 580 yilligiga bag’ishlangan tantanali tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda sektor rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari, umumiy o’rta ta'lim o’qituvchi-murabbiylari hamda o’quvchi yoshlar ishtirok etdilar.

Tantanali marosimni Quvasoy shahar hokimi R.Raximjonov ochib, istiqlol yillarida mamlakatimizda Alisher Navoiy merosini o’rganish bo’yicha keng qamrovli ishlar olib borilayotganini ta'kidladi.

Ulug’ shoir o’zining she'riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g’oyalarni, ona tilimizning beqiyos so’z boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam o’rin egalladi. 

Tadbirda sektor rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari, umumiy o’rta ta'lim o’qituvchi-murabbiylari hamda o’quvchi yoshlar ishtirok etdilar.

 Ma'naviy – ma'rifiy tadbirda shoir g’azallari bilan aytiladigan mumtoz ashulalar va maqom kuylari yangradi.


Alisher Navoiyning boy adabiy merosini o’rganish va targ’ib etishni yo’lga qo’yish o’quvchi-yoshlar qalbi va ongiga Navoiy asarlarining mazmun-mohiyatini, badiiy xususiyatini va tarbiyaviy ahamiyatini chuqur singdirish, Yosh avlodni ma'naviyatli insonlar etib voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim omildir. Barchamizga ana shu ulug’ ishda boshqalarga ibrat va namuna bo’lish, jonajon Vatanimiz, aziz xalqimizga farzandlik mehri va sadoqati bilan xizmat qilish nasib etsin!


Quvasoy shahar Axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram