QUVASOY SHAHAR HOKIMI RAVSHAN RAXIMJONOVNING NAVBATDAGI SHAXSIY QABULI O’TKAZILDI
2021-02-01 19:45:44 255
Shahar aholisining turli qatlamlari bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish maqsadida o’tkazilayotgan qabullar davom etmoqda.
Mazkur sayyor qabullarda fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, ularning muammo va takliflari o’rganilmoqda.
Tasdiqlangan jadval asosida Quvasoy shahar hokimi R.Raximjonov tomonidan 2021 yil 1 fevral kuni Quvasoy shahar Halq qabulxonasi binosida navbatdagi shaxsiy qabuli o’tkazildi.
Qabulda 40 nafardan ziyod fuqarolar ishtirok etib, ular orasidan 26 nafar fuqaroning murojaatlari o’rganib chiqildi.
Xususan, shahar hokimi R.Raximjonov tomonidan ko’rib chiqilgan murojaatlarning 11 tasi joyida ijobiy hal etildi, 6 ta murojaatlarga amaldagi qonunlar asosida tushuntirishlar berildi,
9 ta murojaatlarni belgilangan tartibda o’rganib chiqishlik hamda natijasini ma'lum qilish uchun tegishli raxbarlarga topshiriq va ko’rsatmalar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.