Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AYOLLARGA IJTIMOIY, HUQUQIY, PSIXOLOGIK YORDAM BERISH, ISHSIZ XOTIN-QIZLARNI QO’LLAB-QUVVATLASH BO’YICHA BELGILAB BERILGAN MUHIM VAZIFALAR XALQ DEPUTATLARI QUVASOY SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI YIGIRMA IKKINCHI SESSIYASI KUN TARTIBIDA

×

 2021-01-29 20:41:31    334

PDF yuklash
Chop etish


Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasi bo’lib o’tdi

Unda shahardagi sektor rahbarlari, hokim o’rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Shuningdek, sessiya ishiga O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a'zosi, O’zbekiston fahriylarni ijtimoiy faoliyatini qo’lab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasi Farg’ona viloyati bo’limi raisi Topiboldi Xoldarov va “Tadbirkor Ayol” O’zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Farg’ona viloyati bo’linmasi rahbari Dilorom Mexmonovalar xam tashrif buyurdilar


Sessiyani shahar hokimi, Xalq deputatlari shahar kengashi raisi Ravshan Raximjonov olib bordi.

Kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi va ko’rib chiqildi:

1.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida 2020 yil 8 oktyabrda o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida ayollarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik yordam berish, ishsiz xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha belgilab berilgan muhim vazifalar hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2021 yil 20 yanvardagi 01-22-14/2 xdfu-sonli topshiriq xati ijrosini ta'minlash maqsadida hududlarda xotin-qizlarni “Ayollar daftari” ro’yxatiga kiritish va chiqarish bo’yicha sektor rahbarlari va mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar;

2. Sektorlarning 2021 yil 1-yarim yillik ish rejalarini tasdiqlash;

3. Halq deputatlari Quvasoy shahar kengashi kotibiyati mutaxassislarini tayinlash; 

4. Halq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi kotibiyatining 2021 yil 1-yarim yillik davr uchun ish rejasi hamda Kengash kotibiyati mutaxassislarining ish taqsimotini tasdiqlash haqida.  

Sessiya avvalida kun tartibidagi 1-masala yuzasidan so’zga chiqqan shahar hokimi R.Raximjonov mazkur topshiriqlar ijrosini ta'minlash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva hamda viloyat hokimi X.Bozarovlar tomonidan berilgan topshiriqqa ko’ra shahar hokimligi, sektorlar, deputatlar, mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi xodimlari tomonidan mahallalarda xotin-qizlarni “Ayollar daftari” ro’yxatidan chiqarish va yangilarini kiritish bo’yicha hamkorlikda amalga oshirilgan o’rganishlar va muammolarni manzilli hal etish bo’yicha tashkil etilgan “Yo’l xarita” xususida atroflicha to’xtalib o’tdi.

Shahar hokimidan so’ng ushbu masala yuzasidan 2-sektor rahbari, shahar prokurori Ismailov Baxrom Umirdjonovichning axboroti tinglandi.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan muzokara uchun Quvasoy shahar hokimining o’rinbosari – mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i Xaydarov Abdysamad Abdymalikovich so’z oldi va munosabat bildirdi.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan xalq deputatlari shahar Kengashining Ijtimoiy-madaniy sohani rivojlantirish, oila, xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo’yicha doimiy komissiyasi raisi Mexmonov Mo’ysinjon Dadajonovich xam o’z munosabatini bildirdi.

Shundan so’ng kun tartibiga kiritilgan 2-masala muhokamasiga o’tildi.

Barchamizga ma'lum, O’zbekiston Respublikasining 2021 yilda aholini qiynab kelayotgan muammolar bilan tizimli ishlash, ularni bartaraf etish uchun sektorlarning faoliyatini yanada jonlantirish talab etilmoqda.

Xususan, pandemiya sharoitida butun respublikamizda joriy etilgan karantin tadbirlari davomida aholi xonadonlariga sektor shtablari a'zolari tomonidan uyma-uy yurish orqali aholi muammolarini aniqlash ishlari ancha sustlashib ketdi.

Mamalakatimizda karantin tadbirlari yumshatilib, normal hayot tarzi yo’lga qo’yilganligi sababli, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 avgustdagi “Hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta'minlashga doir ustuvor chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3182-sonli va 2019 yil 8 yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbilar to’g’risida”gi PQ-4102-sonli qarorlari ijrosi yuzasina sektorlar faoliyatini qayta yo’lga qo’yish maqsadida sektor rahbarlarining 2021 yil 1-yarim yillik uchun “Ish reja”lari ishlab chiqilgan.

Mazkur ish rejalariga sektor rahbarlari tomonidan “Ayollar va Yoshlar daftari”, “Temir daftar”ga kiritilganlar bilan ishlash, ularni ish bilan ta'minlash, moddiy va ma'naviy qo’llab quvvatlash bo’yicha olib boriladigan ishlarni, shuningdek shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo’yicha, qurilish sohasida olib boriladigan ishlarni sektorlar kesimida ishlab chiqilgan bo’lib ushbu ish rejalar kengash kotibiyatiga topshirildi. 

Sessiya davomida kun tartibiga kiritilgan 3-masala yuzasidan Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari lavozimiga munosib nomzodlar Kotibiyat mudiri tomonidan shahar Kengashiga tavsiyalar kiritildi.

Majlis kun tartibida shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi lavozimilariga “O’zbekiston “Adolat” SDP Quvasoy shahar Kengashi raisi Mirzayeva Dilobarhon Rustamovnani hamda Quvasoy shahar mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limida xavfsiz mahalla faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo’yicha bosh mutaxassisi Zaynabidinov Boburjon Baxtiyarovichlar nomzodlari tavsiya etildi, shuningdek 4-masala – Xalq deputatlari Quvasoy shahar kengashi kotibiyatining 2021 yil 1-yarim yillik ish davr uchun ish rejasi, Kengash kotibiyati mutaxassislarining ish taqsimotini tasdiqlash bo’yicha ma'ruzasi tinglandi hamda Xalq deputatlari Quvasoy shahar kengashi kotibiyati mutaxassislariga qo’yilgan nomzodlar deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

Qizg’in bahs va muzokaralarga boy tarzda o’tgan sessiyada davomida shahardagi sektor rahbarlari kun tartibidagi masalalar yuzasidan o’zlarining taklif va mulohazalarini bildirib o’tishdi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati