Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SEN DUNYOGA KERAKSAN, AYOL!

×

 2023-03-07 17:58:15    208

PDF yuklash
Chop etish



Bu yilgi ayollar bayrami ko’ngillarga go’zallik, fazlu nazokat hadya etib kirib keldi. Xonadonlarimiz ayol xusnidan-da charog’on bo’ldi go’yo. Qalblarimiz ayol mehru-muhabbatidan sarmast bo’ldi nazdimda. Go’zallik ayyomi Quvasoy shahrida ham o’ziga xos tarzda nishonlandi. 


“Do’stlik” mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan Yoshlar madaniyat markazida shahar hokimligi hamda Oila va xotin-qizlar bo’limi tashabbusi bilan 8 mart –Xalqaro xotin-qizlar bayrami tadbiri o’zgacha shukuh va yaxshi kayfiyatda bo’lib o’tdi.


Bayram tadbirida Yoshlar madaniyat markazi bayramona bezatildi. Bayram boshlanishidan avval Quvasoy shahar 11-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabining orkestr jamoasi ijrosida chiroyli kuy va qo’shiqlar yangragan bo’lsa, Barkamol avlod bolalar markazi o’quvchilari tomonidan 8 - Mart bayramini tarannum etuvchi ijodiy ishlanmalar, rasmlar ko’rgazmasi, shuningdek, shahar Axborot kutubxona markazi tomonidan kitoblar ko’rgazmasi namoyish etildi. 


Bayramga tashrif buyurgan shahrimizning eng faol, jamoatchi, mahalla-ko’y, hamkasblari orasida hurmatga loyiq ayollariga gullar taqdim etildi. Ular orasida shahrimiz taraqqiyotiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shgan va ayni paytda keksalik gashtini surayotgan onaxonlar ham bor edilar.


Bayramni shahar hokimi Z.Q.To’raqulov ochib, munisu mushtipar, dilbar ayollarimizni bayram bilan samimiy muborakbod etib, shahar hokimligi tomonidjan esdalik sovg’alari topshirildi.


Shundan so’ng ayollarimiz uchun shahar Madaniyat va turrizm bo’limining badiiy havaskorlik dastasi, “Yulduzcha”, “Shabnam” raqs to’garak dastasining jozibali raqslari, xonandalar D. Tursunaliyev, M.Sulaymonov, D.Yuldashev, Z.Masoliyev, D.Mirzaahmedovlar tomonidan ijro etilgan diltortar kuy va qo’shiqlar ayollarni yanada shodumon etdi.


Bayram tadbirida ijro etilgan qo’shiqlar ayollarning raqslari bilan yanada go’zallashib, bahoriy kayfiyat ulashildi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram