Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 43 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ALIMENT UNDIRISH BOʻYICHA “DOLZARB XAFTALIK” TADBIRI VA “CHAQALOQ HAMDA ODAM SAVDOSI”

×

 2022-11-29 21:06:36    126

PDF yuklash
Chop etish


2022 yil 29 noyabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Quvasoy shahar sudining raisi R.Zaripov Quvasoy shahar “Choʻlpon” mahalla fuqarolar yigʻini binosida tashkil etilgan sayyor uchrashuv yigʻilishida aliment undirish boʻyicha qarzdor Gʻ.X.dan undiruvchi O.X.ga ikki nafar voyaga etmagan farzandlari uchun 5.578.746 soʻm aliment pullarini toʻliq toʻlaganligi 2022 yil 29 noyabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Quvasoy shahar sudi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 271-moddasi 10-qismiga asosan ish tugatilgan. 

Shuningdek, qarzdor D.J.dan undiruvchi D.J.ga bir nafar voyaga etmagan farzani uchun 12.785.122 soʻm aliment pullarini toʻliq toʻlaganligi uchun 2022 yil 29 noyabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Quvasoy shahar sudi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 271-moddasi 10-qismiga asosan ish tugatilgani haqida maʼlum qilib, bugungi kunda dolzarb mavzuga aylanib borgan chaqaloq va bolalar savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha gapirib, hozirgi kunda chaqaloq va bolalar savdosi faqat Oʻzbekiston Respublikasida emas, balki butun dunyoda keng ommalashib ketayotganligi, unga qarshi faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar emas balki oddiy fuqarolar, shu oʻrinda shifokorlar ham umuman tibbiyot xodimlari jiddiy tarzda qarshi kurashishlari kerakligi. 

Bu boʻyicha davlatlar oʻrtasida juda koʻplab xalqaro hujjatlar, paktlar imzolangani, mazkur faoliyatga qarshi hozirgi kunda butun dunyo davlatlari jiddiy tarzda kurashayotganligini gapirib oʻtdi. Shu oʻrinda barchamiz bu yomon illatga qarshi kurashishimiz kerakligini takidlab oʻtdi.  

Jinoyat ishlari boʻyicha 

Quvasoy shahar sudining raisi

Zaripov Rustamjon Raxmatjonovich


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram