Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“PAKANA”, “KOKILON” HAMDA “ISFAYRAMSOY” MAXALLALARDAGI CHUQURLASHTIRILGAN SAYYOR TIBBIY KO’RIK TASHKIL ETILDI.

×

 2022-09-27 23:20:31    123

PDF yuklash
Chop etish


Quvasoy shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli 1-Sonli Oilaviy poliklinikada

2-Sektor rahbari Sh Madumarovning tashabbusi bilan sektorga qarashli “Pakana”, “Kokilon” hamda “Isfayramsoy” maxallalardagi “Temir daftar”,”Ayollar daftari”,Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni va Tibbiy ko’rikka muxtoj bemorlarni ijtimoiy qo’llab quvvatlash maqsadida chuqurlashtirilgan sayyor tibbiy ko’rik tashkil etildi.

Unda o’ndan ortiq tor doiradagi shifokorlar tomonidan 208 nafar fuqaro tibbiy ko’rikdan o’tkazilib, 4 nafar fuqaroga viloyat shifoxonalarida davolanish uchun tavsiya berildi, 2 nafar bemorga order berildi, 2 nafar fuqaro Nevropatolog shifokor tomonidan nogironlik aravachasi berilishi uchun ro’yhatga olindi, 7 nafar bemorga bepul davolanish uchun Quvasoy shahar Tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga yotish uchun yo’llanma berildi.

Fuqarolarning 68 nafari elektrokardiografiya, 77 nafari Ultratovush tekshiruvlaridan o’tkazildi va ularga zarur tibbiy tavsiyalar berildi. 11 nafariga stomatolog muolajalari ko’rsatildi. 184 nafar fuqarodan kerakli laborator taxlillar olindi. 

Tadbir davomida Me'da ichak tizimi patologiyalarini davolash uchun 7 nafar, analgetik vositalar 11 nafar, Allergiyaga qarshi vositalar 3 nafar, yurak-qon tomir vositalariga 12 nafar bemorlarga 120 turdagi bepul dori-darmon vositalaridan berildi.

 Shuningdek, sektor hududida ijtimoiy yordamga muxtoj 17 nafar guruh nogironligi bo’lgan bemorlarning yashash xonadonlariga borilib,zarur tibbiy tavsiyalar hamda ularga bepul dori-darmon vositalari berildi.  

Tadbir ishtirokchilari uchun Sog’lom turmush tarzi va to’g’ri ovqatlanish yuzasidan ko’rgazmali burchaklar tashkil etilib, tarqatma materiallar tarqatildi. Burchakda Fitobar tashkil etilib ishtirokchilarga tabiiy damlamalarning foydali xususiyatlari haqida ma'lumotlar berildi.  Mutaxassislar tomonidan kerakli tavsiyalar berildi.

Tadbirda ishtirok etgan aholi vakillari tomonidan aholi tibbiy ko’rigini takshil etgan 2-sektor rahbari Sh.G.Madumarov hamda Tibbiyot xodimlariga o’z minnatdorchiliklarini bildirdi.

 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram