Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

2023 YIL AXOLINI RO’YXATGA OLISH

 2022-01-28 16:20:34    99

PDF yuklash
Chop etish


1. O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazish, natijalarini tahlil qilish va e’lon qilish tartibini belgilaydi.

 2. Ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o‘tkaziladi va ro‘yxatga olish boshlanishining aniq payti 2023-yil 1-noyabr soat 00.00 etib belgilanadi (keyingi o‘rinlarda — ro‘yxatga olish sanasi). Ro‘yxatga olishni o‘tkazish davomiyligi — 25 kun.

Respondentlarning shaxsga doir ma’lumotlarini yig‘ishda ro‘yxatga olish sanasidan keyin sodir bo‘lgan demografik holatlar hisobga olinmaydi. 2023-yil 1-noyabrdan keyin tug‘ilgan bolalar uchun ro‘yxatga olish varag‘i shakllari va boshqa ro‘yxatga olish hujjatlari to‘ldirilmaydi, biroq ushbu sanadan keyin vafot etgan shaxslar uchun to‘ldiriladi. Bunda vafot etgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar uning voyaga yetgan, muomala layoqatiga ega oila a’zolari yoki mahalla idorasidagi mavjud ma’lumotlar asosida to‘ldiriladi.

 3. Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish:

respondentlar yashaydigan (vaqtincha bo‘lib turgan) turar joy va noturar joylarga, binolarga tashrif buyurgan holda uyma-uy yurib so‘rov o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatga olish varag‘i shakllari ro‘yxatga oluvchi xodimlar tomonidan respondentlarning so‘zlari asosida to‘ldiriladi;

aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish davrida yashash (turgan) joyida hozir bo‘lmagan yoki voyaga yetmagan shaxslar (respondentlar) to‘g‘risidagi shaxsga doir ma’lumotlar mazkur uy xo‘jaligining voyaga yetgan a’zolari tomonidan ma’lum qilinadi. O‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxslar to‘g‘risidagi shaxsga doir ma’lumotlar ularning vasiylari yoxud homiylari tomonidan ma’lum qilinadi;

yashab turgan xonadonida (joyida) ro‘yxatdan o‘tishni istamagan respondentlar uchun ro‘yxatga olish so‘rovnomalarini to‘ldirish tuman (shahar) hokimliklar tomonidan ajratilgan bino yoki xonalarda joylashgan statsionar uchastkalarda (keyingi o‘rinlarda — statsionar uchastkalar) amalga oshiriladi;

respondent ro‘yxatga olish varag‘idagi savollarga javob berishni rad etgan taqdirda, ro‘yxatga olish varag‘i fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridagi yoki mahalliy davlat hokimiyati organlaridagi mavjud ma’lumotlar asosida to‘ldiriladi;

gapirishi va eshitishida nuqsoni bo‘lgan fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlarini yig‘ish tegishli hudud bo‘yicha nogironlik jamiyatlarining xodimlari yoki ushbu shaxslar bilan muomala qilish imkoniyati mavjud bo‘lgan shaxslar ko‘magida amalga oshiriladi.

Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish axborot xavfsizligini ta’minlash talablarini hisobga olgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali ham amalga oshiriladi.

Aholining ayrim toifalari bo‘yicha shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish, ro‘yxatga olish varag‘i shakllari va boshqa ro‘yxatga olish hujjatlarini to‘ldirish “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.