Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AHOLINI RO’YHATGA OLISH

×

 2021-03-17 20:55:51    142

PDF yuklash
Chop etish


      Aholini ro’yhatga olishning   yagona xisobga olish davrida aholini jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, malumoti, xayot darajasi, yashash sharoiti, bandligi, millati, fuqaroligi xamda boshqa demografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari bo’yicha yakka tartibda hisobga olish va batafsil tavsiflash maqsadida: O’zbekiston Respublikasida aholini ro’yhatga olish to’grisidagi O’zbekiston Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PF-5655-son farmoni imzolangan.

    Aholini ro’yhatga olishni xar tomonlama yaxshi o’tkazish, unga puxta tayyorgarlik ko’rish, joylarda targ’ibot ishlarini olib borish shu bilan bir qatorda qaror va farmonlar mazmun-mohiyatini omma etiboriga yetkazib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 11 noyabrdagi 710-sonli qaroriga asosan aholini ro’yhatga olish ishlari 2023 yilda bo’lib o’tishi belgilab qo’yilgan.

Aholini ro’yhatga olishning maqsadi va asosiy vazifalari.

    O’zbekiston Respublikasi hududida yaxlit va xar bir mamuriy-hududiy birlik bo’yicha aniq bir vaqtda yashovchi shaxslarning turli tavsiflari to’g’risida xalqaro taqqoslana oladigan ishonchli, xolis va yaxlit malumotlarni yagona statistik uslublar asosida yig’ish aholini ro’yhatga olishning maqsadi hisoblanadi. Aholini ro’yhatga olishni o’tkazishning asosiy vazifalari aholi tarkibidagi global o’zgarishlarni baholash, demografik siyosatni, aholi sog’ligini mustahkamlash, ayollar va bolalar ahvolini yaxshilash va oilalarga yordam ko’rsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun axborotlar bazasini yaratadi.

     O’bekiston Respublikasida aholini sinov tariqasida ro’yhatga olish tadbiri 2021 yil 1-25 noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo’jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshiriladi. Aholini ro’yhatga olish mamlakatda yashovchi barcha aholiga tegishli bo’lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy malumotlarni yig’ish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va elon qilishning yagona jarayonini o’z ichiga olib, aholi to’g’risidagi malumotlarning asosiy manbai hisoblanadi va u kelgusi 10-30 yillik rivojlanishning prognoz ko’rsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor bo’lib xizmat qiladi.

 Quvasoy shahar statistika bo’limi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram