Шрифт ўлчами Ранг Расм

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 82 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси

"DXX KUBOGI" MUSOBAQASINING SHAHAR BOSQICHI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI 

×

 2024-06-05 11:11:08    2228

PDF юклаш
Чоп этиш


Quvasoy shahridagi "Sementchi" futbol o‘yingohida sportning futbol va mini-futbol turlari bo‘yicha o‘g‘il-qizlar o‘rtasida "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqalarining shahar bosqichi yakunlari bo‘lib o‘tdi. 

31 ta mahalladan 16-30 yashar yoshlar vakillaridan iborat jamoalar o‘rtasida o‘tgan qiziqarli baxslar murosasiz kechdi. 

Futbol o‘yinlarida o‘g‘il bolalar o‘rtasida Qo‘chqorchi, Yuqori Mo‘yan, Namuna va Sufon mahallalari jamoalari bellashdilar. G‘oliblik esa sufonlik yoshlarga nasib etdi.

Namuna MFY yoshlari 2- o‘ringa, Yuqori Mo‘yan MFY jamoasi 3-o‘ringa ega chiqdi.

Mini-futbol baxslarida Bog‘bon MFY jamoasi 1 - o‘rinni, A.Temur MFY jamoasi 2 - o‘rinni, Yangiobod mahallasi yoshlari esa 3 - o‘rinni band qilishdi. 

 Qizlar o‘rtasida o‘tgan mini-futbol o‘yinlarida Qo‘chqorchi MFY jamoasi 1 - o‘rinni egalladi. 

2-o'rinni Do'stlik MFY, 3-o'rinni Lashkar MFY qizlari qo'lga kiritishdi.

G‘oliblarga shahar sektorlari rahbarlari ishtirokida DXX kubogi, tegishli darajadagi diplom, medallar hamda esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi. 





Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram