Шрифт ўлчами Ранг Расм

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 68 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси

QUVASOYDA VILOYAT HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLAR RAHBARLARINING OMMAVIY SAYYOR QABULI BO‘LIB O‘TDI

×

 2024-05-31 17:36:46    2128

PDF юклаш
Чоп этиш


Bugun Quvasoy shahridagi Zebiniso MFY da joylashgan 11-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida Farg‘ona viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli tashkil etildi.

Sayyor qabulda viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Ikramov, viloyat adliya boshqarmasi rahbari Abdumannop Bo‘riyev, Farg‘ona viloyati sudlari raisi, viloyat soliq hamda majburiy ijro byurosi boshqarmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Shuningdek, sayyor qabulda Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov, shahar sektorlari rahbarlari, Xalq qabulxonasi mudiri, tegishli boshqarma va tashkilotlar mas’ullari ham qatnashib, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari eshitildi.

Qabul davomida Quvasoy shahridan hamda qo‘shni shahar va tumanlardan kelgan 70 nafardan ziyod fuqarolar sohalarga oid o‘zlarini qiynab kelayotgan, o‘ylantirayotgan masalalarni o‘rtaga tashladilar.

Aksariyat murojaatlarga shu yerning o‘zida ijobiy yechim topilgan bo‘lsa, muddat talab etiladigan masalalarga mas’ullar biriktirilib, ijrosi tegishlicha nazoratga olindi.

Aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida joylarda mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirokida bu kabi sayyor qabullar muntazam o‘tkazilib kelinmoqda.





Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram