SHAHAR HOKIMINING NAVBATDAGI FUQAROLAR QABULI BO‘LIB O‘TDI
2024-05-28 18:20:10 1539
Bugun Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov ishtirokida shahardagi Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Daxldor idora va tashkilotlar rahbarlari jalb etilgan qabulda fuqarolarning har bir murojaati atroflicha muhokama qilinib, ularni hal etish chora-tadbirlari belgilandi.
Fuqarolar moddiy yordam, uy-joy, subsidiya, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kredit olish, tibbiy xizmat kabi yo‘nalishlarda o‘z murojaatlarini amalga oshirdilar.
Mutasaddi rahbarlarga har bir muammoga mas’uliyat bilan yondoshish kerakligini yana bir bor ta’kidlagan shahar hokimi ayniqsa, aholidan ko‘p murojaatlar kelib tushayotgan uy-joy bilan bog‘liq masalalarni tizimli hal qilish yuzasidan zarur topshiriq va ko‘rsatmalarni aytib o‘tdi.
Qabul jarayonida ayrim fuqarolarning murojaatlari mas’ul idoralarga qo‘shimcha o‘rganish uchun yo‘naltirildi. Qonuniy jihatdan yechim topish imkoni bo‘lmagan murojaatlar bo‘yicha ham fuqarolarga tegishli tartibda tushuntirishlar berildi.
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram