QUVASOYDA “SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ” TADBIRLARI KO‘TARINKI RUHDA O‘TDI
![](https://quvasoy.uz/uploads/bot/3ac5a3dc356d63c32f461.jpg)
2024-05-25 15:07:51 1097
Bugun Quvasoy shahridagi 3-maktabda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov, mutasaddi rahbarlari, deputatlar, jamoatchilik vakillari, faxriy ustozlar, ota-onalar va o‘quvchilar ishtirok etdi.
So‘z olganlar tomonidan Prezidentimizning umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchi yoshlariga yo‘llagan tabrigi, o‘g‘il-qizlarga otachalarcha ko‘rsatgan yo‘l-yo‘riqlari, e’tibor va g‘amxo‘rliklari haqida to‘xtalib o‘tildi.
Shahrimizda bugungi kunda ming nafardan ortiq o‘quvchilar umumta’lim maktablarini tamomlab, yangi hayot ostonasiga qadam tashlayotgani ta’kidlandi. E'tiborlisi, 38 nafar bitiruvchilar oltin, 9 nafar yoshlar esa kumush medal bilan o‘qishni yakunlayotgani, barcha ustozlarni, ota-onalarni quvontirmoqda.
3-maktabning o‘zida ham 129 nafar bitiruvchilar bo‘lib, ularning 5 nafari muddatidan avval oliy o‘quv yurti talabasi bo‘ldilar.
Zotan, o‘g‘il-qizlarni yetuk avlod bo‘lib, bir nechta xorijiy tillar va kasb-hunarlarni puxta egallab, hayotga tayyor bo‘lishi uchun yurtimizda barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan.
Tadbirda imkoniyatlardan samarali foydalanib, o‘zining bilimi, mehnatsevarligi bilan boshqalarga o‘rnak va namuna bo‘layotgan bir guruh o‘quvchilar va ularning ota-onalari, ustoz-murabbiylar faxriy yorliqlar, tashakkurnomalar, kitoblar jamlanmalari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tantanali tadbir bitiruvchi yoshlar tomonidan tayyorlangan qiziqarli chiqishlar, turli tillarda yangragan kuy-qo‘shiqlar, go‘zal raqslar bilan davom etdi.
Bu kabi tadbirlar shahrimizdagi barcha umumta’lim maktablarida bo‘lib o‘tdi.
![](https://telegra.ph/file/3ac5a3dc356d63c32f461.jpg)
![](https://telegra.ph/file/e76ae7b1c8aad5e309472.jpg)
![](https://telegra.ph/file/25513c87c919072adda76.jpg)
![](https://telegra.ph/file/7c588de31ff0601df0d2a.jpg)
![](https://telegra.ph/file/46a42e95bda89ca463901.jpg)
![](https://telegra.ph/file/8d96ccf39d67975abe4d2.jpg)
![](https://telegra.ph/file/708b386b7199b71a006f1.jpg)
![](https://telegra.ph/file/53beca987ba4aa19b4922.jpg)
![](https://telegra.ph/file/0f0d7af182e0bc2f6c123.jpg)
![](https://telegra.ph/file/f9f656faf84863a3fe78e.jpg)
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram