VILOYAT HOKIMI MASLAHATCHISI ISHTIROKIDA QUVASOYDA SEMINAR TASHKIL ETILDI
2024-05-14 09:46:57 1563
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Quvasoy shahar ixtisoslashtirilgan maktabida "Tilni asra - kitobga mehr qo‘y" shiori ostida seminar bo‘lib o‘tdi.
Aholi orasida til targ‘ibotini kuchaytirish hamda kitobxonlikni yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan seminarda viloyat hokimining maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova ishtirok etdi.
Yosh avlodning ma’naviy tafakkurini, ularning dunyoqarashini yuksaltirishda kitobxonlik madaniyatini oshirish alohida ahamiyat kasb etishi, yoshlarda kitob o‘qish ko‘nikmasi shakllantirilsagina, ularning kamoloti yo‘lida qolgan barcha amallarni kitobning o‘zi o‘rgatishi ma’ruzachilar tomonidan ta’kidlandi.
O‘quvchilar ham mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar va ta’lim olish va shaxsiy rivojlanish madaniyati bo'yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olidilar.
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram