YUQORI MO‘YAN MAHALLASIDA SAYYOR QABUL BO‘LIB O‘TDI
![](https://quvasoy.uz/uploads/bot/4a8a22e6c88d54fa9ca91.jpg)
2024-05-14 09:44:01 1230
Quvasoy shahridagi 1-sektorda joylashgan Yuqori Mo‘yan MFY da sayyor qabul tashkil etildi.
Qabulda hududdagi “Hamkor” ko‘chasini shag‘allashtirish, asfaltlashtirish, “Qorasuv” ko‘chasini ichimlik suvi quvurini yangilash, ayrim ko‘chalardagi xonadonlarning elektr ta’minotini yaxshilash, da’volanish uchun moddiy yordam olish kabi masalalarda fuqarolar o‘z murojaatlarini amalga oshirdilar.
Har bir muammo tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, mas’ullarga ijro uchun yo‘naltirildi. Muddat va mablag‘ talab etiladigan murojaatlar mutaxassislar ishtirokida o‘rganib chiqilib, chora-tadbirlar belgilanishi nazoratga olindi.
![](https://telegra.ph/file/4a8a22e6c88d54fa9ca91.jpg)
![](https://telegra.ph/file/1266bd5b22cd159a0f541.jpg)
![](https://telegra.ph/file/3a0292aad660ab06ece2e.jpg)
![](https://telegra.ph/file/58971deea3834292f5f61.jpg)
![](https://telegra.ph/file/66253a31768a390ebb849.jpg)
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram