QUVASOYDA “QIRG‘IZISTON SAVDO UYI” OCHILADI
2024-05-13 21:39:50 962
Kuni kecha Qirg‘iziston Respublikasi Batkent viloyati rasmiylari hamda ishbilarmonlaridan iborat delagatsiya a'zolari Quvasoy shahrida bo‘ldilar.
Mehmonlarni shahar hokimining o‘rinbosarlari Husanboy Xoldorov va Salimjon Nishonqulov kutib oldi.
Shahar hokimligida o‘tgan muloqotda davlatlararo munosabatlarning rivojlanib borayotganligi, o‘zaro hamkorlik istiqbollari haqida so‘z bordi. Xususan, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ijtimoiy, investitsion va boshqa loyihalarni ko‘paytirish zarurligi qayd etildi.
Shu kuni 2023 - yil 26-27- yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qirg‘iziston Respublikasiga rasmiy davlat tashrifi davomida 2023-2025 - yillarda Batkent hamda Farg‘ona viloyatlari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha imzolangan “Yo‘l xaritasi” ga ko‘ra shahrimizda “Qirg‘iziston savdo uyi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.
Ikki davlat tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksporti va importini amalga oshirishda savdo uyining o‘rni va ahamiyati katta bo‘lishi ta'kidlandi.
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram