AZIZ YURTDOSHLAR!
2024-05-08 18:15:37 751
Mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanayotgan 9 - may – Xotira va Qadrlash kuni bilan, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk Gʻalabaning 79 yilligi bilan barchangizni chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
O‘z oilasi, Vatani va xalqini munosib himoya qilish va sevishdek eng buyuk, ezgu va muqaddas qadriyat barchamizga abadiy bo‘lsin!
Xalqimizga sog‘lik, salomatlik, xonadonlarimizga fayzu-barokat, dasturxonlarimizga to‘kin-sochinlik tilayman!
Doimo yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!
Zafarjon To‘raqulov,
Quvasoy shahar hokimi
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram