NURONIYLAR DUOSI YURTGA BARAKA, YOSHLARGA ILM-MA’RIFAT ULASHADI
2024-04-24 17:47:06 1010
Bugun Quvasoy shahridagi Lashkar MFY da nuroniylar ishtirokida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan ko‘chat ekish tadbiri hududdagi 12-umumta’lim maktabida "Uch avlod uchrashuvi" bilan davom etdi.
Unda ishtirok etgan “Nuroniy” jamg‘armasi shahar bo‘limi raisi Shuhrat Dadaboyev quvasoylik nuroniylarni har jabhada faollikka, o‘z hayot tajribalari va pand-u o‘gitlari bilan yoshlarga o‘rnak va namuna bo‘lishga chorladi.
O‘g‘il-qizlar bilan suhbatda keksalar o‘z ko‘rgan – kechirganlari misolida yoshlarga ezgu fazilatlarni singdirishga harakat qildilar, ularni yurtga sadoqat ruhida kamol topishga undadilar.
Yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat, nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida to‘xtalib o‘tdilar.
El-yurt ravnaqi yo‘lida mamlakatimiz rahbariga yaqin ko‘makchi, kamarbasta bo‘lish lozimligi uch avlodga mansub yurtdoshlarimiz o‘rtasida kechgan samimiy muloqotning bosh mavzusi bo‘ldi.
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram