Шрифт ўлчами Ранг Расм

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 118 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси

QUVASOYDA “TURON” MAKTAB TEATRI TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI TASHKIL ETILDI

×

 2024-04-08 11:31:16    1102

PDF юклаш
Чоп этиш


Quvasoy shahridagi Do‘stlik MFY da joylashgan 13-sonli “Yoshlik” madaniyat markazida Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Madaniyat vazirliklari hamkorligida tashkil etilgan “Turon” maktab teatri tanlovining mahalliy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning ochilish marosimida shahar hokimi o‘rinbosari Alisher Mamajonov, shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Eldor Qo‘ziyev ishtirok etdi hamda tanlov qatnashchilariga omad tiladilar. 

Yoshlar o‘rtasida teatr san’atini keng targ‘ib qilish, ularda notiqlik mahorati va sahna madaniyatini shakllantirish, ta’lim muassasalaridagi o‘quvchilar teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan ushbu tanlovga shahardagi 7-10-sinf o‘quvchilaridan iborat jamoalar jalb etildi. 

Jamoalar tanlov nizomiga ko‘ra, “Bizning maktab”, “Madaniyat va san’at bilimdoni” hamda “Teatr – ibratxona” shartlari bo‘yicha bellashib, o‘z iste’dodlarini hakamlar hay’ati e’tiboriga havola etishdi.

Kun davomida o‘tgan tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.





Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram