Шрифт ўлчами Ранг Расм

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 47 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси

EZGULIK SHIORIMIZ, MA’RIFAT QUROLIMIZ: 13 - MAKTABDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR BO‘LIB O‘TDI

×

 2024-04-01 17:24:03    911

PDF юклаш
Чоп этиш


Bugun Quvasoy shahar hokimligi, shahar Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida Yuqori Valik MFY da joylashgan 13 - maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

“Jadidchilikning asosiy g‘oya va maqsadlari” mavzusida o‘tgan tadbirda ma’rifatparvar jadid bobolarimiz tomonidan amalga oshirilgan ishlar, ularning orzu - armonlari haqida so‘z bordi.  

So‘z olganlar tomonidan bugungi kunda dunyoda kechayotgan voqea - xodisalar, “ommaviy madaniyat”ning yoshlar ongiga salbiy ta’siri haqida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, o‘g‘il-qizlarni yurtga sadoqatli, vatanparvar bo‘lib kamol topishlari uchun davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlarga e’tibor qaratildi.

Ayniqsa, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlarida jadidchilikning asosiy g‘oya va maqsadlari o‘z ta’sirchan ifodasini topdi. Yosh iqtidorlarning chiqishlari tadbirni yanada mazmunli o‘tishida muhim ahamiyat kasb etdi.



Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram