Шрифт ўлчами Ранг Расм

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 59 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси

QUVASOYDA IFTORLIK DASTURXONI TASHKIL QILINDI

×

 2024-03-26 11:45:21    738

PDF юклаш
Чоп этиш


Kuni kecha Quvasoy shahridagi “Turon” tantanalar majmuasida muborak ro‘za-ramazon oyi munosabati bilan hududdagi ro‘zador otaxon va onaxonlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oila a’zolari uchun iftorlik dasturxoni tashkil qilindi.

Davlatimiz rahbarining “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida o‘tgan tadbirda so‘z olganlar tomonidan Ramazon ezgulik, shukronalik va barokat oyi ekanligi yana bir bor ta’kidlandi.

Zotan, ushbu fazilatli oyda kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oila va mahallalarda mehr-oqibat va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash, muqaddas qadamjo va ziyoratgohlar, qabristonlarni obodonlashtirishga qaratilgan xayrli amallar o‘ziga xos an’anaga aylangan.

Quvasoy shahar hokimligi tashabbusi bilan tashkillangan iftorlik tadbirida ham ana shunday ezgu fazilatlar o‘z ifodasini topdi.

Nuroniylar yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi uchun shukronalik bildirib, xalqimizga farovonlik tilab duolar qilishdi.



Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram