SHAHAR HOKIMI QO‘SHNI DAVLAT BILAN CHEGARADOSH HUDUDDA JOYLASHGAN MAKTABGA BORDI
2024-03-21 09:14:56 788
Quvasoy shahar hokimi, 1 - sektor rahbari Zafarjon To‘raqulov shahardagi 4 - umumta’lim maktabida bo‘lib, bu yerda olib borilayotgan ma’naviy - ma’rifiy ishlar samaradorligi bilan tanishdi.
Qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasiga chegaradosh bo‘lgan Bog‘bon MFY hududida joylashgan mazkur ta’lim maskanida ayni kunda 250 nafardan ziyod o‘quvchilar ta’lim - tarbiya olishayotgani qayd etildi.
E’tiborlisi, o‘quvchilarni darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarida kasb-hunarga o‘rgatish maqsadida maktabda tikuvchilik to‘garagi tashkil etilgan. Asalarichilik sir - sinoatlari ham o‘rgatilib kelinmoqda.
O‘quvchilar bilan samimiy muloqotda bo‘lgan shahar hokimi yoshlarga yuqori marralarni zabt etish uchun albatta, yaxshi o‘qib – o‘rganish kerakligini yana bir bor ta’kidladi. Hayotiy misollar keltirib o‘tdi.
O‘rganish jarayonida ta’lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlarga, natijadorlikka e’tibor qaratdi. Bitiruvchilarni oliy ta’limga jalb etish masalasida yetarlicha ishlar tashkil etilmaganligini, ko‘rsatkichlar past ekanligini tanqid ostiga oldi.
Kun tartibidagi masalalar haqida to‘xtalib o‘tdi va mutasaddilarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram