Шрифт ўлчами Ранг Расм

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 134 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси

“OLAM NURGA TO‘LSIN SEN BILAN, NAVRO‘Z!” – QUVASOY SHAHRIDA TANTANALI BAYRAM TADBIRLARI BO‘LIB O‘TDI

×

 2024-03-21 09:04:07    686

PDF юклаш
Чоп этиш


Quvasoy shahar Alisher Navoiy MFY dagi Mustaqillik maydonida "Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!" degan bosh g‘oya asosida Navro‘z umumxalq bayrami hamda xalq sayli bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov, shahar sektorlari rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari dastlab ta’lim muassasalari hamda turli tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan bayram ko‘rgazmalari bilan tanishdilar. 


Unda ayniqsa, quvasoylik yoshlar o‘zlarining san’atga, ilm-fanga, kasb-hunarga bo‘lgan qiziqish va ishtiyoqlarini namoyon etishdi. Sportchi yoshlarning ko‘rgazmali chiqishlari, milliy o‘yinlar musobaqalari, xalq amaliy san’ati namunalari, varraklar sayli, rasmlar tanlovi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.


Tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov barchani ayyom bilan tabriklab, sharqona yilboshi barcha sohalar uchun qut-barakali bo‘lishini tiladi. Davlatimiz rahbari tomonlaridan olib borilayotgan o‘zgarishlar, xalq roziligi yo‘lidagi islohotlar mazmun-mohiyati haqida to‘xtalib o‘tdi. 


Yangilanish va yasharish fasli tantanalari davomida estrada xonandalari, folklor - etnografik jamoalar, bolalar raqs ansambllari badiiy chiqishlari namoyish etildi.


Bu yil muqaddas Ramazon oyida nishonlanayotgan eng qadimiy va umrboqiy bayram, mehr-muhabbat va olijanoblik ramzi Navro‘zi olam tantanalari yig‘ilganlarga bir olam quvonch ulashdi.



Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram