BAYRAM MUNOSABATI BILAN KEKSA YOSHDAGI ONAXONLAR HOLIDAN XABAR OLINDI
2024-03-07 23:31:59 593
Bugun Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov hududlarda bo‘lib, 8 - mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan keksalik gashtini surayotgan onaxonlar holidan xabar oldi va ularga viloyat hokimining tabrigi va sovg‘alari yetkazildi.
Dastlab Hamdo‘stlik MFY da istiqomat qiluvchi 96 yoshli onaxon Sharofat xola Qamchiyeva xonadoniga borildi. Shundan so‘ng Polmon MFY da yashovchi O‘g‘iloy ona Xolmatova uyiga kirildi.
Onaxonlar mehmonlarni va e’tiborni ko‘rib, eng avvalo davlatimiz rahbariga minnatdorchilik bildirdilar. Elga tinchlik, yurtga qut-baraka tilab duolar qilishdi.
Kun davomida yana bir qator xonadonlarga tabrik va sovg‘alar bilan kirib borildi va onaxonlarga bayramona quvonch va hursandchilik ulashildi.
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram