QUVASOYLIK XOTIN-QIZLARGA E’ZOZ VA E’TIBOR KO‘RSATILDI
2024-03-07 23:28:55 585
Bugun Quvasoy shahridagi Do‘stlik MFY da joylashgan 13-sonli “Yoshlik” madaniyat markazida 8 - mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.
Shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov boshchiligidagi sektor rahbarlari ishtirok etgan bayram tantanasida quvasoylik onaxonlarga, opa-singillarga yana bir bor yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatildi.
“Inson hayoti va jamiyat rivojida muqaddas Ona zoti, munis ayollarimizning beqiyos o‘rnini oddiy so‘zlar bilan ifoda etish nihoyatda qiyin vazifa. Biz sizlarni eng avvalo fidoyilik timsoli deb bilamiz. Mehridaryo qalbingiz, aql-zakovatingiz, sevgi va sadoqatingiz uchun sizlardan bir umr qarzdormiz”,- dedi shahar hokimi o‘z nutqida.
So‘z olganlar yurtimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, oila mustahkamligini ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlar davlat siyosati darajasida ekanligiga e’tibor qaratdilar.
Tadbir davomida shahar ijtimoiy hayotida va turli jabhalarda faollik hamda tashabbuskorlik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh faol xotin-qizlarga viloyat va shahar hokimligining tashakkurnomalari, esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi.
Xalqimizning sevimli xonandasi Abdujalil Qo‘qonov hamda elimiz ardog‘idagi xushovoz san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturi barchaga ko‘tarinkilik ulashdi va yodda qolarli taassurotlarni tuhfa etdi.
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram