SOY BO‘YI MFY DA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR SHAHAR HOKIMI TOMONIDAN QONIQARSIZ BAHOLANDI
2024-03-01 12:56:22 800
Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov Soy bo‘yi MFY da ham bo‘lib, hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi va amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratdi.
Xususan, 20 sotix maydonda pomidor va bodring yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan Umid Nuraliyev faoliyati ko‘zdan kechirildi. Abdumalik Usmonov esa o‘z xonadonida 20 ta yashikda asalari oilalarini boqishni yo‘lga qo‘yganini ma’lum qildi.
Shahar hokimi yashiklar sonini 100 taga yetkazib, asalarichilikni rivojlantirish kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, mahallada tikuvchilik faoliyatini yo'lga qo'ygan, baliqchilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar bilan suhbatlashdi.
Biroq, o‘rganish natijasida hududda aholini tadbirkorlikka yo‘naltirish, yangi loyihalarni ishga tushirish bilan bog‘liq masalalar qoniqarsiz ekanligi ma’lum bo‘ldi va shahar hokimi holatni keskin tanqid qilib, uni o‘nglash yuzasidan mutasaddilarga zarur topshiriqlar berdi.
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram