QUVASOYDA MATBUOT ANJUMANI BO‘LIB O‘TDI
2024-02-28 11:54:53 844
Quvasoy shahrida jurnalist va blogerlar uchun 2023 - yilda inson qadrini ulug‘lash, xalqimizni rozi qilish borasida erishilgan natijalar hamda 2024 - yilga belgilangan yangi rejalar va ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.
Viloyatimizda va shahrimizda faoliyat olib borayotgan OAV vakillari, blogerlar jalb etilgan tadbirda Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov ishtirok etdi.
Shahar hokimi o‘z so‘zida Quvasoy shahrida 2023 - yilda iqtisodiyotimizning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirishga erishilgani, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxonalar ishga tushirilgani, zamonaviy bog‘cha va maktablar, yo‘llar hamda mahalla binolari barpo etilgani xususida atroflicha, aniq misollar bilan to‘xtalib o‘tdi.
Matbuot anjumanida mahallalardagi hokim yordamchilari tomonidan 8 154 nafar fuqarolar bandligi ta’minlanib, 1 055 nafar aholiga 21 mlrd. so‘mga yaqin imtiyozli kreditlar ajratilgani ma’lum qilindi.
“Eng asosiysi, 2023 - yil davomida 13 432 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Buning asosiy qismi xotin-qizlar va yoshlar hissasiga to‘g‘ri keldi”,- dedi shahar hokimi.
Shuningdek, qo‘shni respublikalar, Xitoy, Turkiya, Rossiya, Koreya kabi xorijiy davlatlar bilan do‘stlik va hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilganiga e’tibor qaratildi.
Sanoat, eksport, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar, aholi salomatligini asrash, sport turlarini ommalashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar to‘g‘risida ham ma’lumot berildi. 2024 - yilga belgilangan rejalar haqida aytib o‘tildi.
Matbuot anjumani davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram