Шрифт ўлчами Ранг Расм

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 26 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси

“XORIJIY TILLARNI O‘QITISH BO‘YICHA ENG YAXSHI MAKTAB” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI G‘OLIBLARI MA’LUM BO‘LDI

×

 2024-02-28 11:52:08    882

PDF юклаш
Чоп этиш


Kuni kecha Quvasoy shahridagi 13-umumta’lim maktabida har yili Prezident sovrini uchun o‘tkazib kelinayotgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkillangan tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari Alisher Mamajonov, shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Eldor Qo‘ziyev hamda tegishli mutasaddilar ishtirok etdi.

So‘z olganlar tomonidan davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda chet tillarni o‘rganishga va o‘rgatishga alohida e’tibor ko‘rsatilayotgani ta’kidlandi. Xususan, mazkur tanlovning shahar bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar munosib rag‘batlantirilib, 1-o‘rin uchun 100 million so‘m, 2-o‘rin uchun 75 million so‘m, 3-o‘rin uchun 50 million so‘m miqdoridagi Prezident sovrinlari, pul mukofotlari berilishi aytib o‘tildi.

Shundan so‘ng 7-, 8-, 9-sinf o‘quvchilaridan shakllantirilgan 5 nafar ishtirokchilardan iborat jamoalar o‘zaro bahs olib borishdi. Umumtalim maktablaridan 150 nafardan ziyod iqtidorli o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. 

Natijalarga ko‘ra, 3-maktab jamoasi 1-o‘ringa, 1-maktab jamoasi 2-o‘ringa, 18-maktab jamoasi esa 3-o‘ringa ega chiqdi va ularga sertifikatlar topshirildi. Endilikda tanlovda 1 -o‘rinni egallagan jamoa shahrimiz sharafini viloyat miqyosida himoya qiladi.





Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram