SHAHAR HOKIMI QABULIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI YECHIM TOPDI
2024-02-28 11:49:11 738
Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov ishtirokida shahardagi Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Daxldor idora va tashkilotlar rahbarlari jalb etilgan qabulda fuqarolarning har bir murojaati atroflicha muhokama qilinib, ularni hal etish chora-tadbirlari belgilandi.
Qabul davomida shahar hokimi tomonidan odamlarning dardini eshitish, og‘irini yengil qilish yurtdoshlarimizning adolatga, davlatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilayotgani yana bir bor ta’kidlandi va shahar mutasaddi rahbarlariga har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondoshish kerakligi uqtirildi.
Fuqarolarning uy-joy, moddiy yordam olish, salomatlikni tiklash, bandlik, yangi sport klubini tashkil qilish, tadbirkorlik va boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlari ko'rib chiqildi. Qonuniy jihatdan qanoatlantirish imkoniyati mavjud bo‘lmagan murojaatlar bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.
Shu kunning o‘zida murojaat yuzasidan joyiga chiqib o‘rganilib, fuqaroga zarur yordam ham ko‘rsatildi.
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram