QUVASOYDA “MAHALLA YETTILIGI” XODIMLARI UCHUN AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI
2024-02-28 11:41:34 345
Respublika Mahallalari uyushmasining mas’ul xodimi Sobirjon Murodov, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasining Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i Adhamjon Ziyovuddinov, shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov ishtirok etgan seminarga shahardagi mavjud mahallalarda faoliyat olib borayotgan "mahalla yettiligi" xodimlari jalb etildi.
Seminarda “mahalla yettiligi” ning siyosiy-huquqiy hamda kasbiy bilimini oshirish, jamoatchilik va aholi bilan muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantirish asosiy maqsad ekanligi ta’kidlandi. “Mahalla yettiligi” faoliyatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish borasida ustuvor vazifalar, chora-tadbirlar haqida to‘xtalib o‘tildi.
Seminar yakunida bir qator mahalla fuqarolar yig‘inlariga Respublika Mahallalar uyushmasi tomonidan kompyuter jamlanmalari hamda shahar hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram