Шрифт ўлчами Ранг Расм

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 92 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси

YOSHLAR MA’NAVIYATI HAMDA OILALARDA KITOBXONLIK TARG‘IBOTIGA BAG‘ISHLANGAN UCHRASHUVLAR BO‘LIB O‘TDI

×

 2024-02-17 13:21:24    1064

PDF юклаш
Чоп этиш


Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazida shahar hokimligi, shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ul rahbarlari ishtirokida kuni kecha “Jaholatga qarshi ma’rifat” tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Unda shahardagi ta’lim maskanlari mutasaddilari ishtirokida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularda milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini mustahkamlash chora-tadbirlari haqda so‘z bordi.

Shu kuni shahar axborot-kutubxona markazi tashabbusi bilan hududdagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qilayotgan onajonlar bilan "Kitobxon onalar" uchrashuvi ham tashkil etildi.

 Unda "Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona-kitobxon bola" g‘oyasini keng targ‘ib qilish bosh maqsad bo‘ldi.

Yosh iqtidor egalari Hazrat Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidan namunalar o‘qidilar.

Kitobxonlik targ‘iboti yuzasidan muhokamalar esa ishtirokchilar faolligida o‘tdi va onajonlar bilan hamkorlikdagi tadbirlar kelishib olindi.



Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram