Шрифт ўлчами Ранг Расм

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 12 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси

PREZIDENT TOPSHIRIG‘I ASOSIDA QUVASOYDA YETISHIRILADIGAN QISHLOQ XO‘JALIGI VA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI EKSPORTINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI KO‘RILMOQDA

×

 2024-02-13 17:25:03    985

PDF юклаш
Чоп этиш


Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida agrar sohadagi ustuvor vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tgan edi. Unda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimligi ishchi guruhi a’zolari Quvasoy shahrida bo‘lib, tadbirkorlar, eksportyorlar , brokerlar, bog‘dorchilik va sabzavotchilik fermer xo‘jaliklari vakillari bilan uchrashdilar.

Arsif MFY da o‘tgan uchrashuvda mavsumda yetishiriladigan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini sifatli qilib tayyorlash, saralash, qadoqlash va ko‘proq eksportga yo‘naltirish chora-tadbirlari haqida so‘z bordi.

Davlatimiz tomonidan yaratib berilgan sharoitlar va imtiyozlar, bojxona, karantin, standart va o‘simliklarni himoya qilish sohalaridagi tartib-tamoyillar batafsil tushuntirildi.

Tadbirda shahar hokimi o‘rinbosarlari Xusanboy Xoldarov, Salimjon Nishonqulov hamda shahar prokurori Sherzod Madumarov ishtirok etdi.



Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram